Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter bepul tasdiqlash belgilarini olib tashlashni boshladi
Twitter akkaunti uchun pul to‘lamagan ko‘plab mashhur shaxslar tasdiqlash belgilarini yo‘qotdi. Biroq kompaniya egasi Ilon Mask ba’zilar uchun shaxsan o‘zi pul to‘lagan.
Twitter mikrobloglar tarmog‘i 20 aprel, payshanba kuni avval taniqli shaxslar va jamoat arboblarining akkauntlariga qo‘yilgan bepul tasdiqlash belgilarini olib tashlashni boshladi. Endi faqat pullik obunachilar o‘zlarining profillarida bunday belgiga ega bo‘lishadi - ammo haqiqiy shaxsni tasdiqlamasdan.
Akkauntlarida ko‘k fondagi oq belgi yo‘qolgan mashhurlar orasida Rim papasi Fransisk, AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp, futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu, aktrisa Xelli Berri va ko‘plab xonandalar, jumladan Ledi Gaga, Beyonse, Shakira va Jastin Timberleyk bor.
Akkauntidan tasdiqlash belgisi olib tashlangan xonanda Dayon Uorvik bu harakatni tanqid qilib: «Endi har kim men bo‘lishi mumkin», dedi.
Shu bilan birga, ilgari obunani bekor qilgan ba’zi mashhur odamlar, jumladan, yozuvchi Stiven King va basketbolchi Lebron Jyeyms o‘z tasdiqlash belgilarini saqlab qolishgan. Twitter egasi Ilon Mask buni ba’zi profillar uchun shaxsan o‘zi pul to‘lagani bilan izohladi. The Verge texnologik blogiga ko‘ra, Jyeyms Twitter’ning obuna uchun pul to‘lash taklifini rad etgan, ammo belgini saqlab qolgan. Stiven King ham pullik obunachi emasligini yozgan. «Namaste, xush kelibsiz», dedi Mask unga hind tilida salom berib.
2022 yil kuzida Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olganidan ko‘p o‘tmay, Ilon Mask tasdiqlash belgilarini berish jarayoni «korrupsiyalashgani»ni aytdi, shuning uchun endi hamma u uchun pul to‘lashi kerak. Ko‘plab mashhurlar esa Twitter’ga obuna bo‘lishdan bosh tortdi.
Mavzuga oid
14:51 / 12.04.2025
Yo‘l harakati qoidalari yangi ogohlantiruvchi va qo‘shimcha axborot belgilari bilan to‘ldiriladi
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
23:47 / 14.08.2024