O‘zbekiston | 18:50 / 22.04.2023
13691
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilar fil tishi hamda 180 dona bug‘u shoxini ushlab qolishdi

Ularning umumiy qiymati 32 mln so‘mga baholangan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegarasida joylashgan «G‘ishtko‘prik» bojxona posti xodimlari fil tishi hamda 180 dona bug‘u shoxini ushlab qolishdi.

Qayd qilinishicha, xorijdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, o‘rindiq ostiga yashirincha joylangan, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, hech qanday xujjatlarsiz, umumiy qiymati 32 mln so‘mlik, 180 dona bug‘u shoxi va 1 dona fil tishi borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, ayrim hayvonlarning shox va suyaklari dunyo bozorida xaridorgir xomashyo hisoblanadi va ko‘pincha kontrabanda yo‘li orqali sotiladi.

Shu sababli, filning barcha turi va tana a’zolari Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.

Mavzuga oid