Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Lyuksemburgda Josep Borrel bilan muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va YeIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Tashrif bilan Lyuksemburgda bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov YeIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Josep Borrel bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Baxtiyor Saidovning Twitter sahifasida ma’lum qilishicha, Josep Borrel bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo mintaqalararo aloqalari muhokama qilingan.
Bundan tashqari, O‘zbekistondagi muhim islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqilgani aytiladi.
Mavzuga oid
11:30 / 26.05.2025
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi
08:42 / 24.04.2025