O‘zbekiston | 15:51 / 24.04.2023
10578
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi

O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.

2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 1,6 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 807 mln dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: 

—  Germaniya – 655 mln;
—  Koreya – 594 mln;
—  Turkiya – 460 mln;
—  Turkmaniston – 218 mln;
—  Litva – 180 mln;
—  Braziliya – 175 mln;
—  Shveytsariya – 143 mln AQSh dollari.

Mavzuga oid