Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
26 aprel kuni kutilayotgan ob-havo e’lon qilindi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 26 aprel, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+13 daraja, kunduzi +28...+30 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +29...+34 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +29...+34 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, Farg‘ona viloyati tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid

12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi

22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi

13:12 / 21.05.2025