Jahon | 15:50 / 26.04.2023
9082
2 daqiqa o‘qiladi

Aleksey Navalniyga nisbatan terrorizm bo‘yicha ish ochildi

Yangi «terrorizm» bo‘yicha ish oktyabr oyida muxolifat yetakchisiga qarshi ochilgan ekstremizm ishidan alohida ajratib olingan. Navalniy, shuningdek, avvalgi jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, darhol JIZOga qayta joylashtirilganini aytdi. 

Foto: Alexander Zemlianichenko/AP Photo/picture alliance

Vladimir viloyatidagi «IK-2»da muddatini o‘tayotgan taniqli rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy unga qarshi terrorizm moddasi bo‘yicha yangi jinoiy ish ochilganini aytdi. «Tergovchi menga terrorizm bo‘yicha yangi ish qo‘zg‘atilganini va bu borada harbiy sud hukm chiqarishini aytdi», — deya Navalniyning 26 aprel, chorshanba kuni so‘zlaridan iqtibos keltirgan Rossiya OAV.

Xabar qilinishicha, yangi ish Navalniyga qarshi 2022 yil oktyabrida ochilgan ekstremizm ishidan alohida ajratib olingan. 26 aprel kuni Moskvaning Basmanniy sudi tergovning Navalniyning ushbu ish bo‘yicha materiallar bilan tanishish vaqtini cheklash haqidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqdi. Tergov qo‘mitasi vakilining iltimosiga ko‘ra majlis yopiq eshiklar ortida o‘tkazilmoqda.

«Ushbu jarayonni yopishga urinish mening ish materiallaridan foydalanishimni noqonuniy cheklash va bu haqda hech kim bilmasligiga ishonch hosil qilishga urinishdir», — dedi vide-oaloqa orqali majlisda ishtirok etgan Aleksey Navalniy. 

Navalniy o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yana jazo kamerasiga joylashtirilganini, bu safar avvalgi jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, darhol JIZOga olib ketilganini ma’lum qildi. 

Mavzuga oid