Jahon | 15:16 / 26.04.2023
17293
5 daqiqa o‘qiladi

Kupyanskka raketa zarbasi berildi, Donbassda artilleriya ishlamoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 426-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining Kupyansk shahri markaziga zarba berdi. Raketa O‘lkashunoslik muzeyi binosiga kelib tushgan, ikki ayol halok bo‘lib, tinch aholi vakillari bo‘lgan yana 10 kishi tan jarohatlari olgan.
  • Vladimir Putin Rossiyaning chet eldagi aktivlari musodara qilingan taqdirda javob choralari ko‘rish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. U «do‘st bo‘lmagan mamlakatlar»dan bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning aktivlarini «vaqtincha boshqaruvga o‘tkazish»ni nazarda tutadi.
  • Ukrainada Xakasiya oliy kengashi deputati Dmitriy Ivanov halok bo‘ldi, u «Vagner» XHK safiga qo‘shilgandi.
  • Novosibirsk aholisi vakillari 200 ga yaqin yangi qabrlardan iborat qabristonni aniqladi. «Tayga.Info» ma’lumotiga ko‘ra, qabrlarning aksarida — «Vagner» XHK o‘zining Ukrainada halok bo‘lgan yollanma jangchilarining qabrlariga o‘rnatadigan guldastalarga o‘xshash guldastalar bor. Dafn etilganlarning askari o‘tmishda uzoq muddatlarga qamalgan mahbuslar bo‘lgan.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Ukrainaga Challenger 2 tanklari uchun minglab o‘q-dorilar, jumladan kuchsizlantirilgan uranli snaryadlar yuborilganini ma’lum qildi.

Kupyansk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Rossiya qo‘shini 25 aprel kuni Kupyansk shahrini o‘qqa tutdi — Xarkiv oblastining sharqiy qismidagi bu shahar 2022 yilda yarim yildan oshiq vaqt davomida okkupatsiya ostida yashagan, sentabr oyida Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi davomida ozod etilgandi.

Zarba O‘lkashunoslik muzeyiga berilgan. Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov xabar berishicha, hujum oqibatida ikki ayol halok bo‘lgan, yana o‘n kishi yaralangan. Rossiya mudofaa vazirligi o‘z hisobotida Rossiya artilleriyasining Kupyansk yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlarini bayon qilgan, ammo shaharning o‘zi o‘qqa tutilgani haqida eslab o‘tmagan. Quyida Kupyanskda zarba oqibatlari aks etgan suratlar. 

Rossiya raketasi kelib tushgan joyda ishlayotgan ukrain qutqaruvchilari
EPA / Scanpix / LETA
Viktoriia Yakymenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xarobalar ostidan O‘lkashunoslik muzeyi direktori, 55 yoshli Irina Osadcheyning jasadini olib chiqqan qutqaruvchilar
Viktoriia Yakymenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kupyansk aholisi vakili qutqaruvchiga O‘lkashunoslik muzeyi xarobalari ostidan topilgan narsalarni uzatmoqda
EPA / Scanpix / LETA
Viktoriia Yakymenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain artilleriyachilari 

Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK jangchilari «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimini qo‘llamoqda
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK 80-alohida desant-shturm brigadasi jangchilari Baxmut atrofidagi pozitsiyada. Ukraina qo‘mondonligi tasdiqlashicha, RF armiyasi ustunligiga va yoppa hujumlarga qaramay, Ukraina QK Rossiya qo‘shini oldinga yurishiga va Baxmutni egallashga urinishiga to‘sqinlik qilmoqda. Volodimir Zelenskiy yana bir bor ukrainlar shaharni himoya qilmoqchi ekanini qayd etdi. Prezident Baxmut RF qo‘shinlariga Rossiya uchun muhim bo‘lgan ikki shahar — Slovyansk va Kramatorsk tomon yo‘l ochishini ta’kidladi.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid