O‘zbekiston | 15:33 / 26.04.2023
17024
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston litiy qazib olishni boshlamoqchi

O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari A’zam Qodirxo‘jayev 26 aprel kuni «Innoprom. Markaziy Osiyo» ko‘rgazmasida O‘zbekiston litiyni o‘zlashtirishni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligini ta’kidladi, deb yozmoqda Gazeta.uz.

Foto: mining-technology.com

«O‘zbekistonda yirik litiy koni joylashgan, biz ushbu metallni mamlakatda qazib olish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz, – dedi vazir o‘rinbosari.

Uning ta’kidlashicha, vazirlik butun mamlakatda «texnologik metallar» deb ataladigan sohani rivojlantirishni istiqbolli yo‘nalish deb hisoblaydi.

Bundan bir yil avval O‘zbekiston prezidentiga O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi qoshida ustav kapitali 15 million dollar bo‘lgan «Yangi kon» loyiha ofisini tashkil etish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi. Tuzilma grafit, litiy, alyuminiy, magniy va boshqa nodir metallarni qazib olish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekistonning sarmoyaviy takliflar portfeliga Toshkent viloyatidagi litiy konini o‘zlashtirish kiradi. Uning zaxiralari 123 ming tonnadan oshadi. Loyihaning qiymati 59,5 million dollarga baholanmoqda.

Mavzuga oid