Jahon | 09:03 / 26.04.2023
5972
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlament: Boku xalqaro majburiyatlarni buzdi

YeI-Armaniston hamkorligi, YeI-Ozarboyjon hamkorligi va YeI-Gurjiston assotsiatsiyasi parlament qo‘mitalari Ozarboyjon Lochin yo‘lagi bo‘yicha xalqaro majburiyatlariga “hurmatsizlik ko‘rsatdi” deb e’lon qildi.

Foto: Getty Images

25 aprel, seshanba kuni Yevroparlamentda Ozarboyjon tomonidan Lochin yo‘lagida nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatilishi yuzasidan jiddiy xavotir bildirildi. Bu harakat salbiy oqibatlarga olib keladi va uni “2020 yil 9 noyabrdagi o‘t ochishni to‘xtatish deklaratsiyasini ochiqdan-ochiq buzish” va “Xalqaro sudning 2023 yil 22 fevraldagi majburiy qaroriga hurmatsizlik harakati” sifatida ko‘rish mumkin. Bu haqda Yevroparlamentning Janubiy Kavkaz bo‘yicha delegatsiyasi rahbari Marina Kalyurand, Yevroparlamentning Armaniston bo‘yicha doimiy ma’ruzachisi Andrey Kovachev va Yevroparlamentning Ozarboyjon bo‘yicha doimiy ma’ruzachisi Jyelyana Zovko qo‘shma bayonotida aytilgan.

Sud qarorida Ozarboyjonga “odamlar, transport vositalari va tovarlarning Lochin yo‘lagi bo‘ylab ikki yo‘nalishda to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘rish” topshirig‘i berilgan”, deb ta’kidlaydi Yevroparlament deputatlari.

Ular 2022 yil 12 dekabrdan beri yo‘lakning Ozarbayjon tomonidan blokadasi davom etayotganini, bu esa Tog‘li Qorabog‘ aholisi uchun humanitar qiyinchiliklar tug‘dirayotganini va tinchlik istiqboliga putur yetkazayotganini eslatadi. 

"Biz Bokuni zudlik bilan yo‘nalishni o‘zgartirishga va Tog‘li Qorabog‘ mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish hamda xalqaro majburiyatlar va me’yorlarga rioya qilish majburiyatini olishga chaqiramiz. Yevropa Ittifoqi tomonlarga barcha kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishda yordam berishga tayyor”, — deyiladi hujjatda.

Mavzuga oid