Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev BAA energetika va infratuzilma vazirini qabul qildi
Toshkent forumi doirasidagi navbatdagi uchrashuv Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi bilan o‘tkazildi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakat energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiyni qabul qildi.

O‘zbekiston-BAA ko‘p qirrali hamkorligi doirasidagi loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar avvalida vazir al-Mazruiy davlat rahbariga prezident Shayx Muhammad Ol Nahayon va vitse-prezident, bosh vazir, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktumning salomini yetkazdi.

Ikki tomonlama munosabatlar rivojining bugungi yuqori sur’ati qayd etildi. Keyingi bir necha yilda tovar ayirboshlash ikki barobar oshdi, 50 ta yangi korxona tashkil etildi, investitsiya loyihalari portfeli 3 milliard dollardan ortdi. Qo‘shma investitsiya kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni aniq mazmun bilan boyitish maqsadida O‘zbekiston yetakchisi “yashil” iqtisodiyot, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish muhimligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025