Jahon | 11:23 / 28.04.2023
5971
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh "FSB"ga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga nisbatan cheklovlar kiritilishiga "AQSh fuqarolarining xorijda noqonuniy hibsga olinishi" sabab bo‘ldi, deyiladi AQSh moliya vazirligi bayonotida.

Foto: Getty Images

Qo‘shma Shtatlar Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ("FSB")ga "AQSh fuqarolarini xorijda noqonuniy hibsga olgani" uchun yangi sanksiyalar kiritdi. Cheklovlar haqidagi ma’lumot 27 aprel, payshanba kuni AQSh moliya vazirligi saytida e’lon qilingan.

Shu bilan birga, vazirlik axborot texnologiyalari mahsulotlarini import qilish, tarqatish yoki ulardan foydalanish bilan bog‘liq "FSB" ishtirokidagi moliyaviy operatsiyalar uchun sanksiyalar rejimida bir nechta istisnolar qildi. Biroq, bunday operatsiyalar uchun maxsus xizmatlarga to‘lanadigan to‘lovlar miqdori yiliga 5000 AQSh dollaridan oshmasligi kerak.

Xuddi shunday sanksiyalar Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi razvedka boshqarmasiga, jumladan, uning qo‘mondonligi to‘rt nafar vakiliga nisbatan ham joriy qilingan. Cheklovlar Davlat departamenti qarori bilan AQSh moliya vazirligi tomonidan kiritilgan. "FSB" ham, Islom inqilobi muhofizlari korpusi ham allaqachon AQShning sanksiyalar ro‘yxatida bor.

Mavzuga oid