O‘zbekiston | 14:54 / 28.04.2023
6366
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi ko‘p qirrali sheriklikning turli jihatlari ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda, shu jumladan YeIning GSP+ preferensiyalar tizimi doirasida o‘zaro savdo hajmi, qo‘shma korxonalar va investitsiya loyihalari soni oshib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid