Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Braziliyadan rossiyalik josusning ekstraditsiyasini talab qilmoqda
AQSh adliya idoralari "GRU" zobiti Sergey Cherkasovni qo‘lga olmoqchi. U Braziliya fuqarosi sifatida Xalqaro jinoiy sudda amaliyot o‘tamoqchi bo‘lgan, deb yozadi The Washington Post.
AQSh rasmiylari josuslikda ayblanayotgan "GRU" zobiti Sergey Cherkasovni ekstraditsiya qilish to‘g‘risida Braziliyaga so‘rov yubordi, deb yozadi The Washington Post (WP) 27 aprel, payshanba kuni. Gazetaning yozishicha, AQSh so‘rovi Braziliya Oliy sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi, biroq gazeta “ishning nozikligi” tufayli muammoni hal qilishga prezident Luiz Inasiu Lula da Silva ham qo‘shilishi mumkinligini istisno etmayapti.
WP eslatishicha, Rossiya hukumati ham Cherkasov ekstraditsiyasini talab qilmoqda - RFda unga qarshi giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. "Ekstraditsiya so‘rovi AQShning rossiyalik tezkor xodimni xorijda qamoqqa olishga bo‘lgan favqulodda urinishini ifodalaydi, ayni paytda Moskva uni ozod qilish uchun o‘z kuchini sarflamoqda", deb yozadi gazeta.
Shu bilan birga, WP qayd etishicha, AQSh va Braziliya rasmiylari Rossiyaning so‘rovini “aniq hiyla” deb bilyapti. RF Bosh prokuraturasi Cherkasovning bir necha yil davomida geroin sotgani haqidagi hujjatlarni taqdim etgan, biroq ish materiallarida nomuvofiqliklar ko‘p, shu bois Cherkasovga qarshi ish uning josusligini tan olmaslik uchun soxtalashtirilgan, degan gumon bor, deb tushuntiradi gazeta.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025