Sport | 14:54 / 01.05.2023
23381
2 daqiqa o‘qiladi

Eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati: O‘zbekiston umumjamoa hisobida g‘olib bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Samarqandda to‘rt kun davomida yoshlar hamda o‘smirlar o‘rtasida baydarka va kanoeda eshkak eshish, shuningdek, parakanoe bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari o‘tkazildi. 30 aprel kuni musobaqaning oxirgi finallari o‘tkazilib, yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi kun bahslaridan 7 ta final o‘rin oldi. Ularning 3 tasida eronlik, 2 tasida qozog‘istonlik sportchilar g‘olib bo‘ldi. O‘zbekiston jamoasi jamg‘armasiga oxirgi oltin medalni esa 200 metrga o‘tkazilgan poygalarda Vladlen Denisov qo‘shib qo‘ydi.

Shu tariqa 11 ta davlat atletlari ishtirok etgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlari umumiy hisobda 26 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Parakanoechi vakillarimiz esa 4 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida uchinchi bo‘lishdi.

Mavzuga oid