O‘zbekiston | 08:50 / 02.05.2023
19538
4 daqiqa o‘qiladi

Endi o‘tkazmalarni "xazna" ilovasi orqali komissiyasiz amalga oshirish mumkin

Foto: Xalq banki

"xazna" ilovasi nafaqat to‘lovlarni oson va komissiyasiz amalga oshirishingizda, balki ijtimoiy va davlat xizmatlaridan onlayn shaklda foydalanib, vaqtingizni tejashingizda ham sizga yordam beradi.

"xazna" ilovasi o‘zida ko‘plab qulayliklarni jamlagan bo‘lib, ushbu ilovadan foydalanish orqali siz quyidagi afzalliklarga ega bo‘lishingiz mumkin:

Bepul bank kartalari orasida pul o‘tkazmalari:

"xazna" ilovasi sizga barcha bank kartalari orasida 1 oy davomida 5 000 000 so‘mgacha hech qanday komissiyasiz tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, Humo kartalari va Xalq bankining barcha kartalari o‘rtasida o‘zaro cheklanmagan miqdorda bepul o‘tkazmalarni amalga oshirishingiz ham mumkin.

– Xalqaro imtihon xarajatlarini onlayn qoplash:

 

hukumat qarori bilan Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori

ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan;

agar siz ham xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball (daraja) olgan bo‘lsangiz, xarajatlaringizni qoplash uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (http://my.gov.uz) orqali ariza yuborasiz;

arizangiz Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangandan so‘ng imtihon xarajatingizni xazna mobil ilovasi orqali onlayn tarzda qaytarib olishingiz mumkin.

– Pensionerlar uchun maxsus imkoniyatlar:

ilovaning maxus «Lite» versiyasi mavjud bo‘lib, undagi «Mening pensiyam» bo‘limi orqali mijozlar pensiya to‘lovi haqida ma’lumotga ega bo‘lish, pensiya qabul qilish jadvali bilan tanishish, pensiya kartasiga buyurtma berish kabi bir necha imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.

– Ta’lim uchun onlayn to‘lovlar

"xazna" ilovasi yordamida siz uyingizdan turib, bir necha soniya ichida OTM uchun kontrakt to‘lovi, bolalar bog‘chasi uchun to‘lov, DTM xizmati uchun to‘lov va shu kabilarni masofaviy tarzda onlayn amalga oshirishingiz mumkin.

– Harbiy xizmat uchun onlayn to‘lov:

Mudofaa ishlari bo‘limida mavjud QR-kodni xazna ilovasi orqali skaner qilib, bir necha daqiqa ichida harbiy xizmatni o‘tash uchun zarur to‘lovni onlayn amalga oshirish mumkin;

"xazna" ilovasini yuklab olish orqali yanada ko‘p qulay imkoniyatlaridan foydalanishingiz va to‘lovlaringiz uchun qo‘shimcha keshbek qo‘lga kiritishingiz mumkin.

– Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi (INPS) xizmatlaridan foydalaning:

"xazna" ilovasi yordamida Siz istalgan vaqtda, jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti xizmatlaridan keng miqyosda foydalanishingiz mumkin.

Jumladan, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga a’zo bo‘lish, jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotiga o‘tkazilayotgan mablag‘lar haqida xabardor bo‘lish, jamg‘arib boriladigan pensiya mablag‘larini hech qanday hujjatlarsiz istalgan bank kartasiga olish, jamg‘arib boriladigan pensiya mablag‘lari harakati to‘g‘risida ma’lumotlarni onlayn tarzda olish va boshqalar.

Ilovani App Store va Google Play'dan yuklab oling.

Telegran: @xaznauz

Instagram: @xaznauz

Facebook: @xaznauz

Reklama

Mavzuga oid