O‘zbekiston | 12:01 / 02.05.2023
17274
1 daqiqa o‘qiladi

"Yagona portal"da subsidiya olishga ariza berish xizmati ishga tushdi

Foto: my.gov.uz

Joriy yil 1-maydan boshlab YaIDXP (my.gov.uz)da “Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati yoqildi.

Prezidentning 2023 yil 13 apreldagi “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq  joriy yil yangi tartibdagi ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlangan. 

Endilikda subsidiya ajratish jarayoniga quyidagi o‘zgarishlar kiritildi:

subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 4 oy ichida amal qiladi, bu muddat tugagandan so‘ng qayta ariza berilishi mumkin;

subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo‘yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi, rad etilgan arizalarga 1 dekabrga qadar qayta ariza yuborish mumkin.

Mavzuga oid