Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya o‘q-dorilar ishlab chiqarish uchun 500 mln yevro ajratyapti
Yevropa komissiyasi Yevropa kengashining 20 martdagi qaroriga muvofiq o‘q-dorilar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorni (ASAP) tasdiqladi.
Uning maqsadi - Ukrainani artilleriya snaryadlari va raketalari bilan ta’minlash, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning arsenallarini to‘ldirishdir.
Qaror Yevropa Ittifoqining ishlab chiqarish quvvatini oshirish va Yevropa mamlakatlarida o‘q-dorilar va raketalar, shuningdek, ularning butlovchi qismlarining hozirgi taqchilligi muammosini hal qilishga qaratilgan.
“Yevropada yuqori shiddatli mojarolar qayta boshlangani munosabati bilan, bu mahsulotlarning yetarli miqdorda o‘z vaqtida sotilishi bizning xavfsizligimiz va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi davomiy sa’y-harakatlarimiz uchun juda muhim”, — deyiladi Yevropa komissiyasi o‘z veb-saytida e’lon qilingan bayonotda.
Bryussel bu maqsadda turli manbalar, jumladan, Yevropa mudofaa jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash orqali 500 million yevro ajratishni taklif qildi.
Mavzuga oid
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
20:51 / 15.04.2025
YeI migrantlar qaytarib yuboriladigan yettita xavfsiz mamlakatni aniqlaydi
21:07 / 28.03.2025