O‘zbekiston | 23:43 / 04.05.2023
81517
2 daqiqa o‘qiladi

Onix va Tracker avtomobillari sotuvdan olib tashlandi 

UzAuto Motors hech qanday tushuntirishsiz Chevrolet Onix va Tracker uchun shartnoma berishni to‘xtatdi.  

Foto: UzAuto Motors

Endi sotib olish mumkin bo‘lgan eng arzon avtomobil - 420 million so‘mlik Malibu XL, deb yozadi “Avtostrada”.

UzAuto Motors avtosalonlarida Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun shartnomalar berish to‘xtatilgan. Shuningdek, hozirgi vaqtda veb-sayt orqali onlayn shartnoma tuzish imkoniyati ham yo‘q. 

Xabarga ko‘ra, avtosalonlar va UzAuto Motors ishonch raqami xodimlari shartnoma berish qachon tiklanishini tushuntirib bera olmagan. 

Nashrning yozishicha, odatda, shartnoma berishning to‘xtatilishi inventarizatsiya va keyinchalik narxlarning oshishi bilan bog‘liq. Jumladan, oxirgi 5 yil ichida UzAuto Motors turli bahonalar bilan narxlarni oshirishdan avval avtomobillar savdosini to‘xtatgan edi. 2020, 2021 va 2022 yillarda sotuvlar mart oyida qayta tiklangan. 

So‘nggi marta Tracker narxi 2023 yil yanvarida oshgan, Onix narxi esa 2022 yil dekabr oyi oxirida e’lon qilingan edi.

Mavzuga oid