O‘zbekiston | 13:19 / 05.05.2023
10144
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent jamoat transportida yangi tariflar joriy etiladi

Toshkent shahri jamoat transportida yangi tarif rejasi joriy etiladi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, jamoat transporti vositalarida qatnash uchun yo‘lkiraning bir martalik narxi 2000 so‘m, «Atto»transport kartalari orqali to‘lov qiluvchi yo‘lovchilar uchun esa 1600 so‘mga o‘zgaradi.  

Agar yo‘lovchilar o‘z manziliga bir soat ichida bir transport turidan ikkinchi marotaba foydalansa, yo‘lkira uchun 400 so‘m to‘laydi. 

Bir soat davomida yo‘lovchining bir transport turdan uchinchi, to‘rtinchi marotaba ma’lum bir manzilga harakatlanishi esa bepul bo‘ladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid