Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiydagi oilaviy nodavlat bog‘chada bola kaltaklandi
Navoiy viloyatida bolakay bog‘cha tarbiyachisi tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
Aniqlanishicha, holat 4 may kuni Karmana tumani «Kumushkon» MFYdagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tarbiyalanuvchiga qilingan bunday qo‘pol xatti-harakat shu bog‘chaning tarbiyachi yordamchisi S.Yu. tomonidan sodir etilgan.
«8 may kuni mazkur xodimga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilish masalasi ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan vakolati doirasida ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limiga belgilangan tartibda xat yuborilishi ta’minlanadi», deyiladi xabarda.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim tashkilotlarida sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillariga minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
10:17 / 06.05.2025