Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Agenstvo": "Vagner" Moskvadan boshqarilyapti
Yevgeniy Prigojinning "o‘tgan vaqt ichida birinchi marta" Mudofaa vazirligi o‘q-dorilar bilan ta’minlashi va XHK "zarur deb hisoblagan" Baxmutda operatsiyaga ruxsat berish jangovar buyrug‘ini olgani haqidagi so‘zlari "Vagner guruhi" Rossiya hukumati tomonidan nazorat qilinishiga birinchi dalildir, deb yozadi "Agenstvo".
Xususan, Pentagonning sizib chiqqan maxfiy hujjatlariga ko‘ra, Prigojin prezident Vladimir Putindan XHK va Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi mojaroga aralashishni shaxsan so‘ragan, fevral oyida esa Putin Prigojin va mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazgan, deb yozadi nashr.
"Prigojin bilan to‘qnashuvda Mudofaa vazirligining yutqazishi uning Rossiya hokimiyat tizimidagi alohida mavqeyini mustahkamlaydi. Juma kuni e’lon qilingan videoda XHK asoschisi hech kim qila olmaydigan ishni qildi - u federal vazirni so‘kib tashladi", - deya ta’kidlaydi "Agenstvo".
Avvalroq "Vagner guruhi" asoschisi Yevgeniy Prigojin 10 may kuni ushbu xususiy harbiy kompaniya yollanma askarlari Baxmutdagi o‘z pozitsiyalarini chechenlarning "Axmat" maxsus topshiriqli kuchlariga topshirishlarini tasdiqlagandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u 10 may kuni soat 00:00 da pozitsiyalarni topshirish uchun "Axmat" vakillari bilan bog‘lanadi. "Aynan o‘sha paytda, bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, jangovar salohiyatimizni to‘liq tugatamiz", dedi u.
Bir kun avval Checheniston rahbari Ramzan Qodirov "Axmat" Baxmutdagi "vagnerchilar" o‘rnini bosishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.11.2024
Malida «Vagner»ning bir necha jangchisi o‘ldirildi
15:35 / 25.11.2024
Malida «Vagner» XHKning bir necha yollanma askarlari o‘ldirildi
22:12 / 25.09.2024
FT: Yevgeniy Prigojin pullarni yashirin ravishda g‘arb banklari orqali o‘tkazgan
20:33 / 18.09.2024