Buxoroda voyaga yetmaganlar jinoiy guruhi qo‘lga olindi
Buxoro tumanida o‘g‘irlik jinoyatini o‘ziga kasb qilib olgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Buxoro tumani IIB tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2023 yil 29 aprel kuni noma’lum shaxslar tumanning Madaniyat Rabot mahallasi, Ko‘chki Safed qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.S.ning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 500 ming so‘m naqd pullarini o‘g‘irlagan.
Xuddi shu vaqtda aynan birinchi holatdagi voqea joyiga qo‘shni bo‘lgan fuqaro H.D.ning yashash uyida ham o‘g‘irlik jinoyati sodir bo‘lib, uning xonadonidan 300 ming so‘m pullari hamda 1 million 500 ming so‘mlik tilla taqinchoqlari o‘g‘irlab ketilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borildi.
Olib borilgan surishtiruv va tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyatlarni Buxoro tumani Madaniyat Rabot mahallasida yashovchi voyaga yetmaganlar, 2008 yilda tug‘ilgan S.T. va 2008 yilda tug‘ilgan I.S. oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari fosh etildi va ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruhning viloyat va respublikaning boshqa hududlarida sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

09:47 / 22.04.2025
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025