Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p Qozog‘istonda – urush faxriylari oladigan mablag‘lar hisoblab chiqildi
9 may kuni munosabati bilan MDH davlatlarida urush faxriylari va front ortida mehnat qilganlarga beriladigan moddiy rag‘batlantirish miqdori taqqoslab ko‘rildi.
O‘zbekiston va MDH davlatlarida 9 may kuni munosabati bilan faxriylarga to‘lanadigan mablag‘lar qanchalik farq qilishi haqida Tengrinews maqola tayyorladi.
Qirg‘iziston
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2023 yil 9 mayga qadar II Jahon urushi qatnashchilariga 100 ming qirg‘iz so‘mi miqdorida bir martalik nafaqa to‘lash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu hozirgi kurs bo‘yicha 1142 dollar (yoki taxminan 13 mln so‘m). 2023 yil 1 aprel holatiga ko‘ra Qirg‘izistonda 68 nafar urush faxriysi istiqomat qiladi.
Qozog‘iston
Qozog‘istonda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Tamara Duysenova so‘zlariga ko‘ra, bu yil faxriylarga kamida 1,5 mln tenge to‘lanadi. Qozog‘iston Milliy bankining 28 apreldagi kursi bo‘yicha bu 3288 dollarni (taxminan 37,4 mln so‘m) tashkil qiladi. 1 may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda 222 nafar urush qatnashchisi istiqomat qiladi.
Rossiya
Rossiyada 2019 yildan beri nogironlar va Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari 9 mayga qadar har yili kamida 10 ming rubl (taxminan 1,4 mln so‘m) miqdorida to‘lov olmoqda. Mamlakatning bir qator hududlari faxriylarga qo‘shimcha bir martalik to‘lovni belgilaydi yoki davlat to‘lovlari miqdorini oshiradi. Ta’kidlash joiz, 2021 yilda II Jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi sharafiga faxriylarga to‘lanadigan to‘lovlar besh baravar ko‘p - 50 ming rublni tashkil etgan edi.
Belarus
Belarusda bu yil urush qatnashchilariga 2 ming Belarus rubli miqdorida to‘lov beriladi. Bu taxminan 791 dollar (9 mln so‘m). 1943-1945 yillarda nemis bosqinidan ozod qilingan hududlar va obektlarni minalardan tozalashda qatnashganlar ham xuddi shunday miqdorda moddiy rag‘batlantirish oladi. BelTA ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy hisobda 10 ming nafarga yaqin faxriy moddiy yordam oladi.
O‘zbekiston
O‘zbekistonda bu yil urush faxriylariga rekord miqdorda bir martalik to‘lov beriladi - 18 million so‘m yoki qariyb 1565 dollar. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 174 nafar urush qatnashchisi istiqomat qiladi.
Ozarboyjon
2023 yilda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga 1500 manat moddiy yordam to‘lashni buyurdi. Bu 882 dollardan (10 mln so‘m) sal ko‘proq. Bundan tashqari, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yoki keyinroq vafot etganlarning bevalariga, shu davrda front ortidagi fidokorona mehnati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslarga 750 manat miqdorida nafaqa to‘lanadi.
Tojikiston
Tojikistonda to‘lovlar miqdori mintaqaga bog‘liq. Masalan, So‘g‘d viloyatida urush qatnashchilari va nogironlari, front ortida mehnat qilgan shaxslar, shuningdek, vasiysiz qolgan harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtog‘i 7 ming somoniy, ya’ni 640 dollarga (7,3 mln so‘m) yaqin pul oladi. Urushda qatnashgan va front ortida kamida 6 oy ishlagan shaxslarga 4 ming somoniy yoki 365 dollar (4.1 mln so‘m) miqdorida bir martalik pul kompensatsiyasi to‘lanadi. Tojikistonda 37 nafar urush faxriysi qolgan.
Mavzuga oid
17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi
18:33 / 05.01.2023
Germaniya hukumati Polshaning tovon to‘lash haqidagi talabini rad etdi
20:45 / 09.05.2022
Piskentdan Berlingacha 4 yil: fashistlarni yengib qaytgan Anorqul ota hikoyasi
16:30 / 29.04.2022