Toshkentda avtobus va "Kobalt" to‘qnashib ketdi
Olmazor tumanida avtobus va "Kobalt" ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar qildi.

Foto: IIBB YHXB
Joriy yilning 7 may kuni soat 13.50 larda Olmazor tumani Keles yo‘li - Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1985 yilda tug‘ilgan B.S. boshqaruvida bo‘lgan Saz Le-60 rusumli avtobus hamda 1974 yilda tug‘ilgan Z.Z. boshqaruvida bo‘lgan "Kobalt" rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
YTH oqibatida ikkala haydovchi tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:20
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi

18:30 / 10.04.2025
Toshkentda «Gazel» daraxtga borib urildi

11:29 / 10.04.2025
Toshkentda yuk mashinasiga urilgan Isuzu yonib ketdi. Qurbonlar bor

16:51 / 09.04.2025