Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ayol boshqa bir ayol tomonidan «samosud» qilindi
Eri bilan ajrashgan ayol u uylangan boshqa ayolni urib, yalang‘och holida videoga olgan va tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Abdulla Qodiriy qishlog‘ida bir ayol ikkinchi ayolni samosud qilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarda aytilishicha, fuqarolardan biri xotini bilan ajrashgan va boshqa ayolga uylangan. Ko‘p o‘tmay fuqaroning sobiq xotini ikkinchi xotinining oldiga borib janjal qilgan. So‘ng ayolni urib, uni yalang‘och qilib videoga olgan va tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025