«Barselona» - 27 karra La Liga chempioni

Foto: Barselona
La Liganing 34-turida chempion aniqlandi.
«Barselona» gollarga boy Kataloniya derbisida «Espanol» ustidan g‘alaba qozonib, muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. Levandovskining dubli, Balde va Kundening gollariga mezbonlardan Puado hamda Xoselu javob berishdi.
Xavi jamoasi ochkolarini 85taga yetkazdi va endi «ko‘k-anorranglilar» qolgan 4ta turda yutqazsa ham, 2-o‘rindagi «Real» (71) yeta olmaydi. «Espanol» 31 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi.
Shu tariqa «Barselona» 27-bor Ispaniyada tengsiz klubga aylandi. Bu borada faqat «Real» oldinda — 35.
La Liga. 34-tur
Espanol — Barselona 2:4
14 may, RDse
Gollar: Puado (73), Xoselu (90+2) — Levandovski (11, 40), Balde (24), Kunde (53).
Espanol – Pacheko, Xil, Kabrera, Serji Gomes (Puado, 46), Montes, Olivan (Koliosho, 84), Denis Suares (Kalero, 46), Darder, Melamed (Eksposito, 87), Xoselu, Breytueyt (Pedrosa, 55).
Barselona – ter Stegen, Kunde, Kristensen (Alonso, 74), Arauxo (Alba, 63), Balde, Buskets, de Yong, Pedri (Kessie, 89), Gavi (Fati, 74), Rafinya (Dembele, 62), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Kunde (2), Gavi (39), Darder (39), Alba (82).
Mavzuga oid

12:08 / 13.04.2025
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari

02:04 / 10.04.2025
«Barselona» «Borussiya»ga 4 ta gol urdi, «PSJ»da ham ishonchli g‘alaba

12:41 / 06.04.2025
«Real» ham, «Barsa» ham chempionlik poygasida qoqildi. Kun o‘yinlari

02:38 / 03.04.2025