Iqtisodiyot | 16:42 / 17.05.2023
28453
2 daqiqa o‘qiladi

FTA O‘zbekistonga 375 million yevro imtiyozli kredit beradi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga 10,2 million yevro miqdorida grant yordamini taqdim etadi. Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) esa jami 375 million yevro miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.

Foto: Fransiya taraqqiyot agentligi

Yevropa Ittifoqi, O‘zbekiston hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) 17 may kuni Samarqandda O‘zbekistonning 2030 yilga borib yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishga qaratilgan bitim imzoladi.

Rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar O‘zbekiston hukumatiga mamlakat aholisining umumiy manfaati uchun atrof-muhit va tabiiy resurslarni asrab-avaylagan holda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan.

Yevropa global darvoza strategiyasi va Yevropa Ittifoqining yashil siyosati ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq, kelishuvning maqsadi yuqori ekologik standartlarga rioya qilish uchun sharoit yaratish, hukumatning turli sohalarda yashil iqtisodiyot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda imkoniyatlarini oshirish va aholini barqaror ish bilan ta’minlash hisoblanadi.

Team Europe (Yevropa jamoasi) tashabbusi doirasida Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga 10,2 million yevro miqdorida grant yordamini taqdim etadi, bundan tashqari, FTA tomonidan jami 375 million yevro miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan (shundan 150 million yevro o‘zlashtirishga taqdim etilgan).

Bitim imzolash marosimida Yevropa Komissiyasi Xalqaro sheriklik bo‘yicha osh direktori o‘rinbosari Miriam Ferran, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Ilhom Norkulov va Fransiya taraqqiyot agentligi bosh direktori Remi Riu ishtirok etdi.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid