Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2,5 mln iste’molchi ichimlik suvi bo‘yicha qarzdorlikka ega
4,5 mln nafar iste’molchining 56 foizida (2,5 mln) ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha qarzdorlik mavjud. Bu haqda "O‘zsuvta’minot” axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qildi.
Tahlillarga ko‘ra qarzdor iste’molchilarning:
- 2,2 mln nafari (89,1 foiz) – 1 mln so‘mgacha;
- 244 ming nafari (9,9 foiz) – 1 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha;
- 24 ming nafari (1 foiz) – 5 mln so‘mdan yuqori qarzdorlikka ega.
Olib borilgan reyd tadbirlari natijasida bugungi kunga qadar 1 055 ta ichimlik va oqova suv tizimlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan bo‘lsa, buning natijasida 3 mlrd 880 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Aniqlangan qonunbuzarlik holatlarining 260 tasi yuridik tashkilotlar hissasiga, 795 tasi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi
14:22 / 17.04.2025
Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulk realizatsiyasi jadallashtiriladi
21:21 / 05.04.2025