Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi quriladi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32-Yillik yig‘ilishi doirasida YeTTB va ACWA Power (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi o‘rtasida Nukus shahrida shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kredit shartnomasi imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Hujjatga ko‘ra, bankning ACWA Power Wind Karatau kompaniyasiga krediti hajmi 19 million dollarni, Qoraqalpog‘istondagi elektr stansiyasining quvvati esa 100 MVtni tashkil etadi.
Bu YeTTB dasturi doirasida O‘zbekistonga umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan shamol energetikasi quvvatlarini yaratishda yordam beradigan birinchi loyiha bo‘ladi.
Umuman olganda, mamlakatda YeTTB tomonidan moliyalashtiriladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining quvvati 2700 MVtgacha oshiriladi.
O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon YeTTB iqtisodiyotning turli tarmoqlarida 3,4 milliard yevrodan ortiq 100 ta loyiha va dasturni moliyalashtirishni ma’qullagan (893 million yevrolik 7 ta loyiha ishlab chiqilmoqda). O‘zbekiston MDH davlatlari orasida YeTTB sarmoyalarini eng ko‘p oluvchi davlat hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi
09:24 / 18.05.2025
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
21:37 / 29.04.2025
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi
07:33 / 26.04.2025