Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raddiya: Kun.uz videosida xatolikka yo‘l qo‘yilgan
Tahririyat boshqa shaxs – M.Xolmatov haqidagi kadrni to‘ldirishda sobiq Toshkent viloyati hokimi, amaldagi Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Rustam Xolmatovning suratidan foydalanib, xatolikka yo‘l qo‘ygan.
Kuni kecha Kun.uz’ning yutub kanaliga Sardoba fojiasi haqida tahliliy videorolik joylangandi. Unda tahririyat xodimi mazkur fojia doirasida jinoiy javobgarlikka tortilgan «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK bosh direktorining o‘rinbosari – Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan M.Xolmatov haqidagi kadrlarni to‘ldirishda Toshkent viloyatining sobiq hokimi, hozirda Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Xolmatovning suratidan foydalanib, xatoga yo‘l qo‘ygan.
Ushbu qo‘pol xatolik tufayli videorolik ijtimoiy tarmoqlardan o‘chirildi. Shuningdek, uni tayyorlashda xatoga yo‘l qo‘ygan xodimlarga belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llandi.
Tahririyat mazkur xatolik uchun Rustam Xolmatovdan uzr so‘raydi.
Mavzuga oid
11:46 / 19.03.2021
Prezident Rustam Xolmatov nega ishdan olinganini ma'lum qildi
13:37 / 30.01.2021
Toshkent viloyati hokimi ishdan olindi. Uning o‘rnini Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosari egalladi
12:44 / 28.12.2020
Uchta viloyat hokimi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
13:07 / 20.12.2020