Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volodimir Zelenskiy Arab davlatlari ligasi sammitiga bordi
Reuters agentligiga ko‘ra, Zelenskiyning Saudiya Arabistoniga tashrifidan ko‘zlangan maqsadlardan biri arab davlatlarini Ukraina tomoniga o‘tkazishga urinishdir.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 19 may, juma kuni Arab davlatlari ligasi sammiti ochiladigan Saudiya Arabistonining Jidda shahriga yetib bordi.
Zelenskiy Saudiya Arabistoniga Fransiya hukumati samolyotida uchishi haqida avvalroq Reuters manbasi xabar bergan edi. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning Saudiya Arabistoniga tashrifidan ko‘zlangan maqsadlardan biri Rossiya bilan mojaroda hamon neytral pozitsiyani egallab kelayotgan mamlakatlarni Ukraina tomoniga tortishga urinishdir.
Bu Ukraina davlat rahbarining Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri arab mintaqasiga birinchi tashrifidir.
Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida Saudiya Arabistoniga kelganini tasdiqladi.
«Men Arab davlatlari ligasi sammitida nutq so‘zlayman. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashaman va boshqa ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazaman», deb yozadi u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar «tinchlik formulasi» va kelgusi qishda Ukrainaning energiya xavfsizligini ta’minlash masalalariga ham tegishli bo‘ladi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
19:00 / 19.05.2025