Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Latviya qishloq xo‘jaligida hamkorlikni faollashtiradi
O‘zbekiston elchisi Qadamboy Sultonov Latviya qishloq xo‘jaligi vaziri Didzis Shmits bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo va sarmoyaviy, yuqori texnologiyali, sanoat va ilmiy-texnikaviy sheriklikni faollashtirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Vazir O‘zbekiston Latviyaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori ekanini ta’kidladi. Qishloq xo‘jaligi ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Shu munosabat bilan Didzis Shmits qishloq xo‘jaligi, ekologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida O‘zbekiston-Latviya kelishuvlarini amalga oshirish maqsadida yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarga jalb qilingan latviyalik yetakchi mutaxassislar, korxona va tashkilotlarning imkoniyatlari safarbar etilishini ma’lum qildi.
Latviya tomoni Hukumatlararo komissiya, Qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishchi guruhi va Ishbilarmonlar kengashi kabi hamkorlikning muhim tizimlari ikki tomonlama institutsional mexanizmlaridan samarali foydalanishga qaratilganini qayd etdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi idoralari o‘rtasidagi rejalashtirilgan aloqalar jadvali, darajasi va kun tartibiga ham to‘xtalib o‘tdilar.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda
21:05 / 19.05.2025