O‘zbekiston | 15:10 / 24.05.2023
10718
1 daqiqa o‘qiladi

MMTV tizimiga o‘tkazilgan “O‘zbekiston” nashriyoti direktori lavozimidan olindi

Muhammadiyev To‘lqin Tursunovich sog‘lig‘i tufayli o‘z xohishiga binoan «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori lavozimidan bo‘shatildi.

To‘lqin Muhammadiyev

Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, bu nashriyot avvalroq Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkazilgan.

“O‘zbekiston” NMIU – O‘zbekistondagi eng yirik nashriyot-matbaa ijodiy uyi hisoblanadi.

Muassasa O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qarorlari, rasmiy materiallar hamda normativ hujjatlarni nashrga tayyorlaydi va chop etadi. Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, yuridik adabiyotlar, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun darsliklar, uslubiy qo‘llanma va o‘quv adabiyotlarni nashr etadi.

Mavzuga oid