Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Malayziya kompaniyalari ishtirokida biznes-forum o‘tkaziladi
Joriy yilning 15-21 may kunlari O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Malayziyaning Xalqaro islom savdo-sanoat palatasi – MXISSP (Malaysian International Islamic Chamber of Commerce and Industry – MIICCI) raisi Hoji Muhammad Amin Fahmining mamlakatga safari tashkillashtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Hoji Fahmining mamlakatga tashrifi davomida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi rahbariyati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda xorij tomoniga mamlakatda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida shu yilning iyul oyida O‘zbekiston va Malayziya kompaniyalari o‘rtasida biznes-forum o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston va Malayziya kompaniyalari ishtirokida mamlakatimizda biznes-forum o‘tkazish va unga Malayziyaning yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalarni jalb etish, Biznes-forum doirasida Malayziyaning Xalqaro islom savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, O‘zbekiston kompaniyalarini Malayziyaga javob tashrifini ishlab chiqish va Malayziyada ham biznes-forum o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.
Malaysian International Islamic Chamber of Commerce and Industry - MIICCI 2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan. Tashkilot Malayziyaning musulmon ishbilarmon doira vakillaridan iborat. Palata Malayziyaning barcha shtatlarida o‘z vakolatxonasiga ega.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025