Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev Berlindan Taurus qanotli raketalarini so‘radi
Ukraina Germaniyaga Taurus qanotli raketalarini yetkazib berish bo‘yicha so‘rov yubordi. Ushbu yuqori aniqlikdagi boshqariladigan raketalarning masofasi - 500 kmgacha.
Germaniya Mudofaa vazirligi rasmiy so‘rov olinganini tasdiqlagan. Idora Kiyev ushbu turdagi nechta raketalarni qabul qilib olishni kutayotganiga aniqlik kiritmadi.
Avvalroq XDI mudofaa eksperti Roderix Kizevetter nemis qanotli raketalarini Kiyevga topshirishga undagan edi. Bu Ukraina Qurolli kuchlariga "ruslarning harbiy infratuzilmasiga front chizig‘idan ancha uzoqdan zarba berish imkonini yaratadi", deb ta’kidladi ekspert.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius GFRning Ukraina uchun "qiruvchilar koalitsiyasi"da keng ishtirok etishi ehtimolini rad etdi. "Buning imkoniyatlari nihoyatda cheklangan va hozirda o‘rganilmoqda", - deya tushuntirdi Pistorius 23 may kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlarining konferensiyasi chog‘ida.
Bundan tashqari, Boris Pistorius Ukrainaga Germaniyaning Taurus tipidagi qanotli raketalarini yetkazib berish taklifiga vazmin munosabat bildirdi. Vazir har bir alohida qurol tizimi haqida munozaraga kirishni va faraziy savollarga faraziy javob berishni istamasligini aytdi.
Mavzuga oid
08:50 / 24.05.2025
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor
10:11 / 17.05.2025
AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi: Trampning Ukrainaga bosimi tufayli ketdim
09:01 / 01.05.2025
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
18:50 / 24.04.2025