Shols: NATO hududining har bir qarichini himoya qilishga tayyormiz
Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari Tallinga birinchi rasmiy tashrifi chog‘ida: “NATOning sharqiy qanotidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat og‘irligicha qolmoqda”, dedi.
Ukrainadagi urush “muzlatilgan mojaro”ga aylanmasligi kerak. Germaniya kansleri Olaf Shols 26 may, juma kuni Tallinga tashrifi chog‘ida bunga ishonch bildirdi. U Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas, Latviya bosh vaziri Krishyanis Karinsh va Litva bosh vaziri Ingrida Shimonite bilan birgalikda matbuot anjumanida qatnashdi.
Shols uchun bu - Germaniya kansleri sifatida Estoniyaga birinchi tashrifi. Kallasga murojaat qilib, u zamonaviy Germaniya va Estoniya hududidagi shaharlarni o‘z ichiga olgan o‘tmishdagi Ganza ittifoqini esladi.
Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga hujum uyushtirib, “Yevropani bo‘lmoqchi” bo‘lgan, biroq hisob-kitoblarida xatoga yo‘l qo‘ygan va “birligimizni mustahkamlagan”. U NATOni zaiflashtirmoqchi bo‘ldi, biroq “teskarisiga erishdi”, deya qo‘shimcha qildi Germaniya kansleri. Jurnalistlar bilan suhbatda Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini yanada kuchaytirishga va ularni chetlab o‘tishga urinishlarga qarshi kurashga va’da berdi.
Germaniya kansleri, shuningdek, Germaniyaning Boltiqbo‘yi NATO hamkorlarini hujum sodir bo‘lgan taqdirda himoya qilishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. “Bu yerda, Boltiqbo‘yida, NATOning sharqiy qanotida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat og‘irligicha qolmoqda”, dedi u. Germaniya vazirlar mahkamasi rahbarining ta’kidlashicha, nemis jangovar brigadasining qismlari yaqin haftalarda mashg‘ulotlar uchun yana Litvaga yuboriladi. "Biz NATO hududining har bir kvadrat santimetrini hujumdan himoya qilishga tayyormiz", - dedi Shols o‘tgan yili bergan va’dasini eslatib.
Mavzuga oid
14:50 / 20.09.2024
Germaniya yil oxirigacha Ukraina uchun yana 400 mln yevro ajratadi
13:30 / 20.09.2024
GFR iqtisodiyot vaziri: Germaniyada endi gaz taqchilligi yo‘q
12:10 / 20.09.2024
Germaniyadagi qator portlashlarda Niderlandiya narkomafiyasi gumon qilinmoqda
11:40 / 19.09.2024