Xitoy ijtimoiy tarmoqlardagi milliondan ortiq akkauntlarni yopdi
Qoidabuzarliklar orasida mish-mishlar tarqatish, davlat idoralari va ommaviy axborot vositalariga taqlid qilish, ijtimoiy tarmoqlar orqali noqonuniy boyib ketish kabilar bor.
Xitoyning Internet-axborot davlat departamenti Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridagi milliondan ortiq akkauntlarga qarshi «chora ko‘rilgani» haqida xabar berdi. O‘z navbatida 66 ming akkaunt abadiy taqiqlangan. Shuningdek, 1,41 million postga qarshi «choralar» ko‘rilgan.
Qoidabuzarliklar orasida mish-mishlar tarqatish, davlat idoralari va ommaviy axborot vositalariga taqlid qilish, ijtimoiy tarmoqlar orqali noqonuniy boyib ketish kabilar bor.
Xitoy rasmiylarining bu harakatlari IT-soha ustidan nazoratni kuchaytirish strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Ular Xitoyning Tencent, Alibaba Group va ByteDance kabi internet gigantlariga aloqador.
Hisobotda aytilishicha, Xitoy nafaqat ijtimoiy tarmoqlarni faol ravishda «tozalashni» davom ettiradi, balki Xitoy qonunchiligida taqiqlangan foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontentni senzura qilishda yetarlicha samarali bo‘lmasa, ularni nazorat qiluvchi kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi.
Avvalroq Xitoy hukumati Shanghai Xiaoguo Culture Media Co komiklar guruhini Li Xaoshining Xitoy armiyasi haqidagi hazili uchun 14,7 million yuan (taxminan 2,1 million dollar) miqdorida jarimaga tortgan edi. Keyinchalik u Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida uzr so‘radi.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
23:34 / 19.11.2024