Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida havo harorati yanada ko‘tarilishi kutilyapti
Bugun va ish haftasi davomida O‘zbekiston hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 29-31 may kunlari kovektiv bulutlilik rivojlanishida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat kechalari +15...+20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari ish haftasining boshida harorat +32...+37 darajadan oxiriga borib esa +35...+37 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, shamol sharqiy yo‘nalishda esishi kutilmoqda. Havo harorati bugun kunduzi +32...+34 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga borib +36...+37 darajagacha ko‘tariladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025