O‘zbekiston | 16:19 / 31.05.2023
18656
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda futbol o‘yini paytidagi janjal o‘lim bilan yakun topdi

Ikki yigitning o‘zaro janjali oqibatida 27 yoshli fuqaro og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Kogon tumanida futbol o‘yini vaqtida ikki yigitning janjali ulardan birining o‘limi bilan yakunlangan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 29 may kuni soat 22:30larda Kogon tumani Sorg‘un mahallasida yashovchi 21 yoshli A.L. ismli shaxs tumanning B.Naqshband mahallasida joylashgan mini futbol maydonchasida mahalladoshini o‘ldirib qo‘ygan. U o‘zaro futbol o‘yini vaqtida mahalladoshi, 27 yoshli H.O. ismli tanishi bilan janjallashib, unga sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra og‘ir tan jarohati yetkazgan. Fuqaro H.O. olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan A.L. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Mavzuga oid