Sport | 05:17 / 01.06.2023
26417
2 daqiqa o‘qiladi

«Sevilya» - 7 karra Yevropa Ligasi g‘olibi

Foto: Sevilya

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniyaning «Sevilya» va Italiyaning «Roma» klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi. 

Birinchi bo‘limda Dibala hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Manchini o‘z darvozasini ishg‘ol etishi natijasida muvozanat tiklandi. Qolgan daqiqalar va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmay qoldi, penaltilar seriyasida esa omad «Sevilya»ga kulib boqdi. Rimliklardan Manchinining zarbasini Bunu qaytardi, Ibanes darvoza ustunini nishonga oldi. 

Shu tariqa «Sevilya» o‘z tarixida 7-bor Yevropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi va g‘alaba orqali Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oldi. Andalusiya klubi bu turnirda birorta finalda yutqazmagan. Rimliklar ustozi Joze Mourino esa yevrokuboklar finalida (Superkubokni qo‘shmaganda) ilk bor mag‘lubiyatga uchradi.

Yevropa Ligasi. Final
Sevilya — Roma 1:1
Penaltilar seriyasi — 4:1.

31 may, «Pushkash Arena»
Gollar: Manchini (55, avtogol) — Dibala (35).
Sevilya – Bunu, Navas (Montel, 95), Bade, Gudel (Markao, 120+8), Telles (Rekik, 95), Rakitich, Fernando (Xordan, 120+8), Okampos, Oliver Torres (Suso, 46), Xil (Lamela, 46), An-Nosiri.
Roma – Patrisiu, Chelik (Zalevski, 91), Smolling, Manchini, Rojyer, Spinatssola (Lorente, 106), Matich (Bove, 120), Kristante, Pellegrini (El-Shaaravi, 106), Dibala (Veynaldum, 68), Abraham (Belotti, 75).
Ogohlantirishlar: Matich (22), , Pellegrini (45), Manchini (48), Kristante (65), Rakitich (65), Chelik (74), Zalevski (105), Lamela (109), Xordan (120), Montel (120+4), Okampos (120+10).

Mavzuga oid