Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston sharqidagi poyezd halokatida o‘nlab odamlar qurbon bo‘ldi
Yo‘lovchi poyezdi izdan chiqib ketib boshqa poyezd bilan to‘qnashdi.
Hindiston sharqidagi Odisha shtatida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi, uning vagonlarining bir qismi qo‘shni relslarga quladi va yana bir yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashdi. Bu haqda Hindustan Times xabar berdi.
Qayd qilinishicha, falokatda kamida 50 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohat olgan.
Birinchi poyezdda 12 ta vagondan 10 tasi, ikkinchisida esa 3 tasi relsdan chiqib ketgan. Oqibatda, kamida 50 kishi halok bo‘lgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 350 kishi jabrlangan. Turli manbalarga ko‘ra, 300 ga yaqin odam shifoxonaga yotqizilgan. Bir necha yuz kishi vagonlardan chiqa olmayotgani aytilmoqda.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi voqeadan chuqur qayg‘uda ekanini aytib, qurbonlar va jabrlanganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
07:39 / 22.05.2025