O‘zbekiston | 14:04 / 02.06.2023
16927
1 daqiqa o‘qiladi

Sherzod Rabiyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Sherzod Rabiyev

Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Prezident qarori bilan Sherzod Rabiyev adliya vazirining o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

Sh. Rabiyev 1984 yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Sherzod Rabiyev shu kunga qadar Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vaziri o‘rinbosarlari Aktam Muhammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid