O‘zbekiston | 16:31 / 05.06.2023
18302
2 daqiqa o‘qiladi

Jurnalistga qo‘pollik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrida aholi murojaati asosida noqonuniy qurilishni o‘rganish uchun borgan “MY5” telekanali xodimlari tazyiqqa uchradi.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda “MY5” telekanali muxbiri N.Teshayev Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumanida aholi murojaatini o‘rganayotgan paytda tazyiqqa uchragani haqidagi videolavha tarqaldi. Videolavhada ko‘p qavatli uyda noqonuniy qurilish qilayotgan shaxs ularni so‘kib, jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qilganini ko‘rish mumkin.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi va jurnalistga qo‘pollik qilgan fuqaro javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi rasmiy axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, sud majlisida 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro M.Ya. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan. Sud qarori bilan unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Mavzuga oid