O‘zbekiston | 12:00 / 07.06.2023
9782
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Golden House kompaniyasidan «Gullar kuni» ekologik aksiyasi

Foto: Golden House

Poytaxtimizning Olmazor tumanida Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlab «Gullar kuni» ekologik aksiyasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Golden House kompaniyasi tomonidan poytaxtning Olmazor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Bahor Gullari bog‘ markazining mutaxassislari va landshaft dizaynerlari maslahatchi sifatida jalb etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi, bevosita Jomiy aylanasidagi atrof hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishdan iborat edi.

Golden House kompaniyasi xodimlari, Olmazor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi, Bahor Gullari bog‘ markazi mutaxassislari ushbu tadbirda faol ishtirok etdilar.

Ekoaksiyani o‘tkazish joylashuvi bejizga tanlanmagan edi. Bevosita yaqin hududda Golden House kompaniyasining Assalom Jomiy yangi ekomavzesi joylashgan bo‘lib, u jahon ekologik standartlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan va loyihalashtirilgan birinchi loyiha sanaladi. Eko-development esa, kompaniyaning yaqin istiqboldagi strategiyasi bilan belgilangan bo‘lib, uning doirasida barcha yangi loyihalar ekostandartlar va mahsulot sifatiga qo‘yiladigan yuqori talablarga muvofiq amalga oshiriladi.

Assalom Jomiy bu – tabiat bilan uyg‘unlikdagi yuqori sifat darajasidagi shahar hayotiga yangicha nigoh. U Olmazor tumanidagi sobiq Agregat zavodi hududida bunyod etilmoqda. Loyihaning sobiq sanoat korxonasi o‘rnida amalga oshirilishi — Golden House kompaniyasi strategiyasining bir qismi bo‘lib, u hududni qurshab turgan tabiatga zarar yetkazmasdan, tashlandiq hududlarga yangi, yanada qulay hayot baxsh etib, yangi mavzelar barpo etish imkonini taqdim etadi.

 «Tumanni, shaharni ko‘kalamzorlashtirish — barqarorlikni ta’minlashning muhim vazifasi bo‘lib, unda istiqomat qiladigan aholiga hozir va kelajakda yosh avlodlar uchun naf keltiradi. Daraxtlar havoni tozalaydi, ifloslanishni kamaytiradi, shaharlar sharoitlarida jarima ob-havoni me’yorga keltiradi», – dedi Olmazor tuman obodonlashtirish boshqarmasi, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i Fayzullayev Sa’dulla.

Bahor Gullariʼning landshaft dizayneri Nodira Shakarovaning so‘zlariga qaraganda: «Ushbu oliyjanob aksiya atrof-muhitning ekologik holatini yaxshilash, toza havoni shakllantirish hamda aholi salomatligini mustahkamlashga shubhasiz ijobiy ta’sir ko‘rsatadi».

Golden House vakillarining fikricha, ushbu tadbir bizning yashash joylarimizga g‘amxo‘rlik qilish va ekologik hamda barqaror kelajakni yaratish yo‘lida yangi ko‘chatlarni ekishni davom ettirish muhimligi ijobiy rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

Aksiya doirasida hududga ko‘chatlar, butalar va bir yillik gullar hamda o‘simliklar ekildi.

Kompaniyaning bu kabi tashabbusi — atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha keng qamrovli harakatlarning debochasi sanaladi. Golden House kompaniyasi kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatini to‘liq his qilgan holda, kelgusida keng jamoatchilik va ushbu masalalar bo‘yicha mutaxassislarni jalb etib, ekologiyaga g‘amxo‘rlik qilish, odamlar hayoti uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, atrof-muhitga zararli ta’sirlarni kamaytirishga qaratilgan bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Reklama

Mavzuga oid