Jahon | 19:31 / 07.06.2023
8206
1 daqiqa o‘qiladi

NATO o‘z tarixidagi eng yirik mashqlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

NATO harbiy-siyosiy blok tashkil etilganidan buyon eng yirik mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: AP

Air Defender 2023 harbiy havo mashqlari 12-23 iyun kunlari Germaniya va Sharqiy Yevropada 250 ta harbiy samolyot ishtirokida o‘tkaziladi.

Shimoliy Amerikadan Yevropaga AQSh harbiy-havo kuchlarining 110 ga yaqin samolyoti mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jo‘natildi.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlarda NATO davlatlarining Yevropadan 80 ta samolyoti va xalqaro hamkorlarning 60 ta samolyoti ishtirok etadi.

Mashq kunlari o‘rtacha 250 ta parvoz amalga oshiriladi.

25 davlatdan kelgan uchuvchilar F-35, Eurofighter, F-18, F-16, A-10 va Gripen kabi 20 turdagi samolyotlarni boshqaradi.

Mashqdan maqsad Alyansning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish, havoda tiyib turuvchi omil mavjudligini ko‘rsatish va Atlantika okeanining har ikki tomonida «birdamlikni mustahkamlash»dir.

Mavzuga oid