Jamiyat | 16:10 / 12.06.2023
22933
4 daqiqa o‘qiladi

Uzum va Click birlashishi haqida e’lon qilindi

Click umummilliy to‘lov tashkiloti Uzum kompaniyalar guruhi bilan birlashmoqda - birlashish bo‘yicha keyingi qadamlar to‘g‘risidagi bitim bugun Toshkentda imzolandi. Uzum va Click integratsiyasi tufayli mamlakatning hatto eng chekka aholi punktlari aholisi ham ishonchli va qulay moliyaviy xizmatlardan, qulay narxlardagi tovarlarning keng assortimentidan, biznesni rivojlantirish yechimlari va boshqa raqamli mahsulotlardan foydalanishlari mumkin.

Foto: Uzum

Kelajakda kompaniyalar Click'ni superappga aylantirishni rejalashtirmoqdalar — bu kompaniyalar guruhining ekotizimiga kirishning asosiy nuqtalaridan biri. Uzum ekotizimining raqamli mahsulotlari va servislari millionlab foydalanuvchilar uchun tanish bo‘lgan tartibda ishlashni davom ettiradi, bunda mamlakat aholisi muayyan muammoni hal qilish uchun alohida ilovadan foydalanishi mumkin, biroq shu paytning o‘zida Uzum Market xaridorlari buyurtmalarni to‘lashda yangi imkoniyatlariga ega bo‘ladi, shu jumladan butun mamlakat bo‘ylab 180 dan ortiq tarqatish punktlarida.

Click ham ilgari e’lon qilingan rejalar ustida ishlashni davom ettiradi. Va birgalikda, kompaniyalar kundalik muammolarni hal qilish va biznesni rivojlantirish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta yangi servislarni ishga tushirishni rejalashtirmoqdalar, ular orasida avia/temiryo‘l/transport vositalariga chiptalarni bron qilish servisi, sayohat agregatori va davlat servislari bilan integratsiya.

— Bizning umumiy maqsadimiz kundalik moliyaviy va maishiy vazifalarni hal etish uchun ekotizim yaratish, shuningdek, tadbirkorlarga jahon standartlari darajasida zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni joriy etish orqali o‘z faoliyatini osonlashtirishga yordam berishdir, — deydi Uzum kompaniyalar guruhi bosh direktori Jasur Jumayev. — O‘zbekiston bozorida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mavjud bo‘lgan kompaniyalar tarkibiga mos keladigan kompaniya paydo bo‘lmoqda; va bu dunyo misollari to‘lov, fintex va e-commerce servislarini birlashtirish iste’molchilar va tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni sezilarli darajada oshirishga imkon berishini ko‘rsatadi. Uzum mamlakatning yetakchi kompaniyalari resurslari va ekspertizalari birlashmasi sifatida tashkil etilgan va bugun biz ushbu vektorga amal qilishni davom ettirib, Uzum katta oilasiga yetakchi raqamli to‘lov tizimi jamoasini qutlaymiz. Click bilan birgalikda biz yanada tezroq o‘sib, endi 13 milliondan ortiq foydalanuvchilarimizning hayotini osonlashtiramiz.

— 12 yillik faoliyati davomida Click mamlakatdagi eng yaxshi jamoalardan birini yig‘di, natijada kompaniya to‘lovlar bozorida yetakchiga aylandi. Yangi ufqlar vaqti keldi. Uzum bilan muzokaralar davomida bizning strategiyamiz va maqsadlarimiz bir-biriga mos kelishini ko‘rdik. Shuning uchun biz ekotizim bilan birlashishdan juda xursandmiz va bunda katta istiqbollarni ko‘rmoqdamiz: bunday keng imkoniyatlarga ega ikkita yirik o‘yinchining birlashishi bir-birining resurslarini ko‘paytirishga va yangi keng ko‘lamli vazifani – mamlakatda o‘xshashi bo‘lmagan mahsulotni yaratishga imkon beradi, — deydi Click kompaniyasi CEOsi Ulug‘bek Rustamov. — Click, albatta, joriy rejalar ustida ishlashni davom ettiradi: kreditlash loyihasi, davlat xizmatlari bilan integratsiya bo‘yicha bir qator loyihalar, turizm sohasida va boshqalar.

Click to‘lov tizimida oyiga 37 milliondan ortiq tranzaksiyalar amalga oshiriladi, Click ilovasi 9 milliondan ortiq iOS va Android foydalanuvchilari tomonidan yuklab olingan, @clickuz Telegram boti va USSD foydalanuvchilarini o‘z ichiga olgan ro‘yxatdan o‘tishlarning umumiy soni esa 15 milliondan oshadi, bu esa kompaniyaga 11 millionga yaqin noyob foydalanuvchilarni beradi. Click mulkdorlari Uzum guruhining bosh kompaniyasi aksiyalarining ulushini olishadi, jamoa esa loyihani rivojlantirishda ishlashni davom ettiradi.

Click'dan tashqari, Uzum ekotizimiga tez yetkazib berish va keng assortimentga ega Uzum Market marketpleysi, Uzum Nasiya muddatli to‘lov servisi, bank aktivlari hamda Uzum Tezkor – restoran va do‘konlardan ekspress yetkazib berish kiradi.

"Uzum" kompaniyasi axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid