Sport | 20:24 / 12.06.2023
13711
2 daqiqa o‘qiladi

Xivada Xalqaro etnosport festivali o‘tkaziladi 

Tadbir 7-10 sentabr kunlari tashkil etiladi. 

Foto: yuz.uz

«Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, festival 2023 yil 7–10 sentabr kunlari Xiva shahrida o‘tkaziladi. 

Festivalni o‘tkazish tartibi bo‘yicha nizomga ko‘ra, tadbir har 2 yilda bir marta o‘tkaziladi. 

Festival doirasida, jumladan, quyidagilar tashkil etiladi: 

- sportchilar ishtirokida xalqaro musobaqalar;

- ikki bosqichli milliy osh pishirish chempionati;

- naqqoshlik va kashtado‘zlik san’ati ko‘rgazmasi;

- kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi;

- o‘zbek, fors, arab, rus tillarida nashr etilgan adabiyotlar namoyishi. 

Festival doirasida xalqaro musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal va diplomlar bilan taqdirlanadi. 

Shuningdek, sport tadbirlari ishtirokchilari orasidan «Eng yosh ishtirokchi», «Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi sportchi», «Faxriy sportchi» kabi nominatsiyalar bo‘yicha sovrindorlar aniqlanib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi nazarda tutilgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid