Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko nima uchun Belarusda yadro qurolini joylashtirish zarurligini aytdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublikada yadro qurolini joylashtirish uning Moskva oldiga qo‘ygan «qat’iy talabi» ekanini aytdi. Bu haqda Belarusning «BelTA» agentligi xabar bermoqda.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, shu yo‘l bilan u Belarus xavfsizligini kafolatlamoqchi bo‘lgan va shuning uchun Moskvaga shunday talab qo‘ygan.
G‘arb matbuoti avvalroq 11-12 iyul kunlari Vilnyusda o‘tkazilishi rejalashtirilgan NATO sammiti oldidan Rossiya yadro qurolining Belarus hududida joylashtirilishi yadroviy shantajga urinish ekani haqida yozgan edi.
«Rossiya hech narsaga intilmayapti. Bu Rossiyaning tashabbusi emas», - dedi Lukashenko.
Avvalroq Yadro qurollarini bekor qilish bo‘yicha xalqaro kampaniya (ICAN) AQSh 2022 yilda yadro quroliga 43,7 milliard dollar, Rossiya esa 9,6 milliard dollar sarflagani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
10:14 / 01.05.2025