O‘zbekiston | 14:18 / 13.06.2023
7563
2 daqiqa o‘qiladi

Robaxon Mahmudova surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidentligiga nomzod dasturida ilgari surilgan 9 ta ustuvor maqsad to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Robaxon Mahmudova

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “San’at saroyi”da O‘zbekiston prezidentligiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Robaxon Mahmudovaning surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda partiya faollari, deputatlar, mehnat faxriylari, faol xotin-qizlar va yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Tadbirni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi raisi Rustam Hamroyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

Shuningdek, tadbir davomida partiyadan prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudovaning bosh ishonchli vakili tomonidan yig‘ilganlarga nomzod haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Shundan so‘ng nomzod dasturida ilgari surilgan 9 ta ustuvor maqsad, ya’ni “Huquqiy davlat qurish — pirovard maqsadimiz”, “Ijtimoiy adolatni va milliy iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlaymiz”, “Ilm-fan, innovatsiyalar va ta’lim sohasining barqaror rivoji — taraqqiyotimiz kafolati”, “Aholi salomatligi — ulkan boylik” kabi yo‘nalishlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, tibbiyot xodimlari va o‘qituvchi-pedagoglarning maqomini mustahkamlash, ularning mehnatini rag‘batlantirish, zamonaviy texnologiya va davolash usullarini keng joriy qilish, “Aqlli tibbiyot” tizimini shakllantirish vazifalari to‘g‘risida alohida ma’lumot berildi.

Mavzuga oid