O‘zbekiston | 16:52 / 15.06.2023
14875
1 daqiqa o‘qiladi

Hisor qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i tushdi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Hisor davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i muhrlandi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i mamlakatda muhofazaga olingan noyob hayvonlardan biri bo‘lib, zaif, mozaik tarqalgan kenja tur hisoblanadi. Ushbu jonivor Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Qo‘ng‘ir ayiqning ko‘rish qobiliyati yaxshi emas, hid bilish va eshitish qobiliyati esa kuchli. U daraxt tanasi va yirik butalarga ishqalanib, hidini qoldiradi. Bu belgilar boshqa ayiqlar bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan  to‘qnashuvlarning oldini oladi.

Mavzuga oid